YeI va NATO iqtisodiyotdagi muammolar tufayli Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi mumkin

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishFlagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza
Flagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Amerika telekanali iqtisodiy muammolar sabab NATO va Yevroittifoq Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi mumkin deb xabar bermoqda.
TOShKENT, 22 avg - Sputnik Yevroittifoq va NATO rasmiylari energetika inqirozi, oziq-ovqat narxlarining oshishi va iqtisodiy retsessiya tufayli Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlar barbod bo‘lishidan xavotirda, deydi jurnalist Lyuk MakGi CNN telekanali saytida e’lon qilingan maqolasida.
Jurnalistning ta’kidlashicha, yevropalik siyosatchilar Rossiya gazisiz sovuq ob-havo kelishidan jiddiy sarosimaga tushishgan.

“Qishki yoqilg‘i inqirozi-yevropalik rasmiylarni har kuni tashvishlantirayotgan masala. Chunki 2021-yilda Yevropa 55% gazni Rossiyadan import qilgan”, - deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, jurnalistning aytishicha, keyingi oylar yevropaliklar uchun murakkab o‘tishi mumkin.
“Ba’zi yevropaliklar uyni isitish yoki oziq-ovqatdan birini tanlashga majbur bo‘ladi. Bu inqiroz ko‘plab Yevropa mamlakatlarining minglab ukrain qochqinlarini qabul qilganidan so‘ng kelib chiqdi. Buning fonida siyosiy rahbarlar uzoq mamlakat uchun xarajatlarni oqlashlari qiyin bo‘ladi”, - deydi tahlilchi.
Muallifning fikricha, G‘arbning Ukrainani qurol bilan qo‘llab-quvvatlash strategiyasi aslida uzoqni ko‘zlamay qilingan ish.
“Yaxshi yangilik shundaki, qurollar ukrainlarga chidab turishga yordam berapti. Yomoni- urush qancha uzoq davom etsa, qurollar yetkazilishi shuncha kamayadi va bundan voz kechish qiyinlashadi”, - deydi jurnalist.
Rossiya maxsus operatsiyasi boshlangandan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyaviy bosimlarni kuchaytirdi. Ko‘p mamlakat Rossiya aktivlarining muzlatilishini e’lon qildi, Rossiya energota’minotlaridan voz kechishga chaqiriqlar yangray boshladi. Biroq, ushbu muammolar AQSh va YeI da bir qancha muammolarni kechltirib chiqardi - inflyatsiya, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlari keskin oshdi.
Rossiya rahbari Vladimir Putin sanksiyalar butun dunyo iqtisodiyotiga qattiq zarba bo‘lganini ta’kidladi. Ulardan ko‘zlangan maqsad esa millionlab insonlar hayotini yomonlashtirish. Rossiya yetakchisining aytishicha, bo‘lib o‘tayotgan voqealar G‘arbning siyosatdagi va iqtisodiyotdagi global hukmronligiga nuqta qo‘yadi.
Yangiliklar lentasi
0