Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Melitopol maʼmuriyati rahbari shahar Rossiya bilan birga boʻlishini maʼlum qildi

© Sputnik / Dmitriy Makeyev / Mediabankka oʻtishPovsednevnaya jizn v Melitopole
Povsednevnaya jizn v Melitopole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Galina Danilchenko shahar aholisi uchun Rossiya bayrogʻi – bu ozodlik ramzi ekanini aytdi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Zaporojye viloyati Melipotol shahri maʼmuriyati rahbari Galina Danilchenko Rossiya bayrogʻi shahar aholisi uchun ozodlik ramzi ekani, shahar Rossiya bilan birga boʻlishini maʼlum qildi.
Danilchenko Melipotolda Rossiya bayrogʻi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlarida ishtirok etdi. Shaharning markaziy maydonida Rossiya bayrogʻi koʻtarildi. Melitopolning bolalar sanʼat maktabi, yoshlari va koʻngillilari raqs fleshmobini tashkil etishdi.

“Biz bu kunni juda uzoq kutgandik, bu kun kelganidan gʻoyat mamnunmiz. Biz Rossiya bilan birga boʻlishdan shodmiz, biz bunga intilgandik, Biz uchun Rossiya bayrogʻi – bu ozodlik ramzi”, - dedi Danilchenko RIA Novosti bilan suhbatda.

U shahar bu kunni anchadan buyon, ayniqsa 2014 yilda “Kiyevda hukumatni egallab olgan millatchilar rus madaniyatiga oid hamma narsaga barham berishni boshlagan” paytdan beri intiqib kutishganini qoʻshimcha qildi
Danilchenkoning soʻzlariga koʻra, hozir shahar aholisi uchun qadrli boʻlgan narsalar qaytarilmoqda.
“Melitopol Rossiya bilan birga bizning qardosh xalqlarimizning umumiy oilasiga qaytmoqda”, - deya xulosa qildi u.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismi nazorat ostiga olindi. Xerson, Melitopol i Berdyansk kabi yirik shaharlar ozod qilindi. Har ikki viloyatda yangi maʼmuriyatlar tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostantsiyalari efirga uzatila boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklana boshlandi. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini eʼlon qildi.
Yangiliklar lentasi
0