Siyosat

Oʻzbekiston chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan bir guruh afgʻonistonlik qoʻlga olindi

© AFP / TEMUR ISMAILOVUzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Afgʻoniston fuqarolari qayiqlarda Oʻzbekiston davlat chegarasini buzib, Paygʻambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududiga oʻtgan.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. 21 avgust kuni bir guruh Afgʻoniston fuqarolari qayiqlarda davlat chegarasini buzib, Paygʻambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududiga oʻtgani aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Chegara qoʻshinlari rasmiy Telegram kanalida xabar qilindi.
Qoidabuzarlar hududga yetib kelgan Oʻzbekiston chegara otryadiga qarshilik koʻrsatgan.
"Olib borilgan tezkor tadbir natijasida Oʻzbekiston Davlat chegarasini buzganlarning barchasi (jami 24 nafar) shaxsini aniqlash va tergov-tezkor tadbirlarini oʻtkazish maqsadida qoʻlga olindi", — deyiladi xabarda.
Oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, chegaradagi hodisaga Oʻzbekistonning chegara zonasida koʻp miqdorda oʻsadigan qizilmiya ildizining noqonuniy qazib olinishi sabab boʻlgani aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, ayni paytda Paygʻambar oroli hududi Oʻzbekiston Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining toʻliq nazorati ostida.
Yangiliklar lentasi
0