O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro turistlar oqimini 100 ming kishiga yetkazadi

Pojiloy turist - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Saudiya Arabistoni Qirolligi Turizm vazirligi o‘rtasida memorandum imzolandi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro turistlar oqimini 100 ming kishiga yetkazadi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Saudiya Arabistoni Qirolligi Turizm vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandumda nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, memarandum turizm sohasida o‘zaro foydali hamkorlik va do‘stona aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, tenglik, o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan.
Kelishuvga ko‘ra quyidagilar amalga oshiriladi:
o‘zaro turistlar oqimini 100 ming kishiga yetkazish;
turistlarni jalb qilish uchun o‘zaro madaniy, sivilizatsion va tarixiy me’rosdan foydalanishga targ‘ib qilish;
mavjud turistik yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish va yangi turistik yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, guruh va individual turizmning har xil turlarini kengaytirish;
tabiiy resurslar va madaniy boyliklarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida saqlash;
mehmonxona, turistik kurortlar va turistlarni joylashtirish obektlarini ularning samaradorligini tekshirish mexanizmlarini faollashtirish bilan boshqarish;
turistik tadbirlar va safarlar tashkillashtirish;
turizmni rivojlantirish uchun investitsiyalar kiritish;
kichik va o‘rta turistik tashkilotlarni, turistik saytlarni rivojlantirish.
Shuningdek, hujjatga ko‘ra ekspertlar va turizmga ixtisoslashgan OAV vakillari uchun o‘zaro sayohatlar tashkil etiladi.
Memorandumda qo‘shma turistik faoliyatni tashkil etish, har ikki davlatda tashkil etiladigan ko‘rgazma, konferensiya va simpoziumlarda qatnashish ham ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, turizmga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan bundan avval Turkmaniston, Ozarbayjon, Isroil, Tojikiston va boshqa davlatlar bilan ham turizm sohasida turli kelishuvlar imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0