Dunyoda

Rossiya Arktikani egallab olayotgani AQShni gʻazablantirmoqda

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka oʻtishUcheniya Rosgvardii v Murmanskoy oblasti
Ucheniya Rosgvardii v Murmanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya soʻnggi 20 yil ichida Arktikani juda tez oʻzlashtira boshlagan, Vashington esa AQShning yarmiga teng hududi boʻlgan Arktikani mensimayapti - OAV.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya Arktikani juda faol rivojlantiryapti, shuningdek, Shimoliy muz okeani tubidan tabiiy resurslar qazib olishni kengaytirmoqda. Bu haqda Atlantika Kengashining Yevroosiyo markazining mustaqil katta ilmiy xodimi Dayan Frensi Amerikaning “The Hill” nashri uchun yozgan maqolasida maʼlum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
“(Arktika - Tahrir.) Kengash mavjud boʻlgan 20 yil ichida Moskva yerga shafqatsiz daʼvo qildi va mintaqada faol tarzda neft qidirishni boshladi”, deb yozadi u.
Mutaxassis Vashingtonni Arktikani mensimaslikda aybladi. U buni Rossiya tomonidan hududning juda tez rivojlayotganining sababi deb atadi.
“Qoʻshma Shtatlarning yarmiga teng boʻlgan Shimoliy Muz okeani uzoq vaqtdan beri eʼtibordan chetda qoldi”, deya shikoyat qildi u.
Frensining taʼkidlashicha, Rossiya Yevropa va Osiyo oʻrtasida yuk tashish aloqalarini taʼminlovchi Shimoliy dengiz yoʻliga koʻp pul tikmoqda. Bundan tashqari, mamlakat neft qidirishni boshlagan va uning suv ostida qolgan kontinental shelfi Shimoliy Muz okeanining katta qismi ostida joylashganligini daʼvo qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0