Bayden prezidentlik davrining 228 kunini ta’tilda o‘tkazdi

© AP Photo / Adam Schultz/The White House Prezident Djo Bayden razgovarivayet po telefonu v Belom dome v Vashingtone
Prezident Djo Bayden razgovarivayet po telefonu v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
AQSh yetakchisi 580 kunlik prezidentlik davrining 228 kunini ta’tilda o‘tkazdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jozef Bayden lavozimga kelganidan beri 228 kunni ta’tilda o‘tkazdi. Bu haqda Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi bayonotida keltirilgan, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Bugun Jo Baydenning birgina bu yilgi ta’tilining 93-kuni. Bayden lavozimga kelganidan beri 228 kunni ta’tilda o‘tkazdi”, - deyiladi bayonotda.

Bayden 2021-yil 20-yanvarda lavozimga kirishgan. U 19 oy yoki deyarli 580 kun davomida davlat rahbari lavozimini egallab turibdi.
Ayni paytda, “NewYork Post” gazetasiga ko‘ra, 79 yoshli Bayden o‘zining 19 oylik lavozimida o‘zidan oldingilarga qaraganda ko‘proq ta’til olgan va Delaverdagi qarorgohida 150 kunni dam olib o‘tkazgan. Nashrning yozishicha, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bu muddatga qadar 132 kun, avvalgi yetakchi Barak Obama 38 kun va undan oldingi ma’muriyatni boshqargan Jorj Bush 100 kun ta’tilda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden 10-avgust kuni oilasi bilan Kiaua oroliga (Janubiy Karolina shtati) dam olishga kelgandi.
Yangiliklar lentasi
0