Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

© Unsplash / John SchnobrichStudenti vo vremya obucheniya
Studenti vo vremya obucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.
Shundan:
xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;
davlat stipendiantlari — 296 ta;
kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;
kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;
ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.
Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlangandi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida amalga oshiriladi.
Bunda ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilinadi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0