Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Medvedev Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini kim bera olishini aytdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Mediabankka oʻtishPlenarnoye zasedaniye "Predprinimatelstvo v novoy ekonomicheskoy realnosti"
Plenarnoye zasedaniye Predprinimatelstvo v novoy ekonomicheskoy realnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Medvedevga koʻra, endi AQSH ham Vladimir Zelenskiyga yorugʻ kelajak kafolatini taklif qilmaydi.
TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. Faqat Rossiya bilan kelishuv Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkin edi, ammo Ukraina hukumati bu imkoniyatdan voz kechdi, deb hisoblaydi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev.

“Faqat Rossiya bilan kelishuv xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkin. Lekin Gʻarb pullari va raketalari bilan ragʻbatlantirilgan Ukraina hukumati buni rad etdi”, deb yozdi u seshanba kuni Telegram-kanalida.

Medvedevga koʻra, endi Amerika Qoʻshma Shtatlari ham Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yorugʻ kelajak kafolatini taklif qilmaydi.

“Kiyev rejimi tushunadiki, (Ukrainaning hozirgi rahbarlari) uchun xavfsizlik kafolati umuman yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas. Hatto Qoʻshma Shtatlar ham Zelenskiy va uning sheriklariga yorugʻ kelajak kafolatini taklif qilmaydi. Bundan maʼno yoʻq”, deydi Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari.

Medvedevga koʻra, endi hech kim Ukrainani NATOga qabul qilmaydi, garchi ittifoqda rusofoblar boʻlsa ham. Chunki ular oʻz joniga qasd qilishmaydi. Bu maxsus harbiy operatsiyaning bevosita natijasidir.
Yangiliklar lentasi
0