Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus viza joriy etishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovProbka iz fur, arxivnoe foto
Probka iz fur, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Yangi viza bilan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar 6 oy chegarani to‘siqsiz kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro yuk mashinalari haydovchilari uchun maxsus viza joriy qilmoqda. O‘zbekiston ham dasturga qo‘shilishi mumkin, deb xabar beradi “Pakistan Today”.
Pokiston savdo vaziri Navid Qamarning so‘zlari ko‘ra, yangi vizalar ikki mamlakat yuk tashuvchilariga chegarani to‘siqsiz kesib o‘tish imkonini beradi. Bu ular o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirishga yordam beradi.
Vizaning amal qilish muddati 6 oy bo‘ladi. Kelgusida ularni o‘zbekistonlik haydovchilarga ham berish rejalashtirilgan. Buning uchun uch davlat o‘rtasida viza shartnomasi tuziladi.
Pokiston vaziri Markaziy Osiyoda eksportchilar uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Mamlakat hukumati Pokistonni mintaqaviy savdo va transport markaziga aylantirish niyatida.
Pokiston allaqachon O‘zbekiston bilan tranzit savdosi bo‘yicha shartnoma imzolagan. Qamarning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan bu borada muzokaralar olib borilmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik haydovchilarning Turkmaniston vizasini olishi osonlashishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0