Poytaxtning ikkita tumanida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi

© SS0 / Unsplash / Christian DubovanLampochka, illyustrativnoe foto
Lampochka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Bugun Toshkent shahrining Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 14:00 qadar vaqtinchalik o‘chirildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bundan maqsad iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish hisoblanadi.
Shu sababli:
Yashnobod tumanining: Jarqorg‘on, Zohidova, Farg‘ona yo‘li, Hamza, Mo‘ynoq, Oqdaryo va M.Ashrafiy ko‘chalari hamda 308, 156-sonli MTM, TSJ, 170-sonli maktab, 2-sonli shahar shifoxonasi, 2-sonli stomatologiya;
Yakkasaroy tumanining: Yakkasaroy mahallasining Yakkasaroy, Nasafiy hamda Suqrot ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.
“Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hamda tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0