Hindiston yanada ko‘proq Rossiya mahsulotlari sotib olimoqchi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosol Indii v Rossiyskoy Federatsii Pavan Kapur
Posol Indii v Rossiyskoy Federatsii Pavan Kapur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Hindiston va Rossiya transchegaraviy to‘lovlarni osonlashtirish uchun "RuPay" va "Mir" milliy to‘lov tizimlarini o‘zaro tan olishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Hindiston Rossiyadan yana ham ko‘proq neft, o‘g‘it va boshqa tovarlar sotib olmoqchi, dedi Hindistonning Moskvadagi elchisi.
“So‘nggi oylarda biz savdo hajmi sezilarli darajada o‘sganini ko‘rdik, savdo sohalari ham o‘zgardi: Hindiston Rossiyadan ko‘proq neft, o‘g‘it va boshqa tovarlarni, Rossiya esa Hindistondan iste’mol tovarlari, to‘qimachilik, avtomobil ehtiyot qismlari, - dedi Pavan Kapur.
Unga ko‘ra, kelgusida tovar ayirboshlash hajmini oshirish rejalashtirilgan.
Avvalroq Deccan Herald gazetasi Hindiston va Rossiya transchegaraviy to‘lovlarni osonlashtirish uchun "RuPay" va "Mir" milliy to‘lov tizimlarini o‘zaro tan olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0