Mulkka taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki joriy etiladi

© SputnikAvtomobilnaya infrastruktura
Avtomobilnaya infrastruktura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
1 oktabrdan mol-mulkka taqiq qo‘yilganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etildi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston hududida 1-oktabrdan boshlab ta’qiq qo‘yilgan mol-mulkning elektron bazasi yaratiladi. Bu haqda Hukumatning 22-avgustdagi 468-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda keltirilgan.
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab (xatlab) qo‘yilgani, shuningdek taqiqlab (xatlab) qo‘yish bekor qilingani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi, - deyiladi hujjatda.

Ma’lumotlarni elektron ma’lumotlar bankiga kiritishda:

jismoniy shaxsning shaxsiga oid va avtomototransport vositalariga oid ma’lumotlar – Ichki ishlar vazirligi;
yuridik shaxsga oid ma’lumotlar – Adliya vazirligi;
ko‘chmas mulkka oid ma’lumotlar – Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi;
qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga oid ma’lumotlar – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
attraksionlar va ko‘tarish inshootlari (minora kranlari)ga oid ma’lumotlar – Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi;
kemalarga oid ma’lumotlar – Transport vazirligi;
kichik hajmli kemalarga oid ma’lumotlar – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Elektron ma’lumotlar banki davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi. Notarius elektron ma’lumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yishi va taqiqni bekor qilishi mumkin.
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo‘yish, shuningdek, uni bekor qilishda to‘lov undirilmaydi.
Murojaatga asosan elektron ma’lumotlar bankida mavjud ma’lumotlar notarius va (yoki) notarial arxiv mudiri tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud E-notarius.uz axborot portali orqali taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0