Surxon davlat qo‘riqxonasida Turkiston silovsini tasvirga olindi - video

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMejdunarodniy den koshek v Moskovskom zooparke
Mejdunarodniy den koshek v Moskovskom zooparke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘riqxonada o‘rnatilgan fotoqopqonga ona va bola silovsinlarning zavqli onlari videotasvirga tushgan.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasida Turkiston silovsini tasvirga olindi. Bu haqida Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Qo‘riqxonada o‘rnatilgan fotoqopqonga ona va bolaning zavqli onlari tushib qolgan.
“Zamonaviy fotoqopqon tabiatdagi noyob jonivorni yuqori sifatdagi tasvir va ovoz bilan kamera obyektiviga muhrlagani ham e’tiborlidir”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Turkiston silovsini O‘zbekiston va xalqaro "Qizil kitob"ga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi. G‘arbiy Tan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Ko‘hitang) tog‘ tizmalarining baland qismida yashaydi.
Hozirda "Surxon" davlat qo‘riqxonasiga 20 ta zamonaviy fotoqopqon o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0