Toshkentda “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi start oldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiToshkentda “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi start oldi
Toshkentda “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi start oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Musobaqada Qozog‘iston, Tojikiston, BAA, Qirg‘iziston kabi davlatlardan kelgan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Toshkentda kamondan otish bo‘yicha “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi start oldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqlar poytaxtdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tadi.
“Bu yilgi bahslarda hamurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston, BAA, Qirg‘iziston kabi davlatlardan 100 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bellashmoqda”, deyiladi xabarda.
Hozirda musobaqaning 5 ta dasturda saralash bosqichi boshlandi. 26-avgust kuni barcha yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Yangiliklar lentasi
0