Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSH "Azov"* jinoyatlari oshkor boʻlishidan qoʻrqadi - Rossiya elchixonasi

© Press-slujba Minoboronы RF / Mediabankka oʻtishSdacha v plen posledney gruppы ukrainskix boyevikov s "Azovstali"
Sdacha v plen posledney gruppы ukrainskix boyevikov s Azovstali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya elchixonasining taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar "Azov" harakati haqidagi faktlar oshkor etilishidan qoʻrqadi.
TOSHKENT, 25 avg – Sputnik. AQSH ukrainalik millatchi polki "Azov"* ustidan sud boshlanishiga qarshilik qilishining sababi - Vashington Azov*ning gʻayriinsoniy jinoyatlari haqidagi faktlar butun dunyoga fosh boʻlshidan qoʻrqadi. Bu haqida Rossiyaning AQShdagi elchixonasi maʼlum qilmoqda.
DXR rahbari Denis Pushilin avvalroq ular respublikadagi harbiy jinoyatchilar uchun xalqaro tribunalni kechiktirish niyatida emasligini maʼlum qilgandi. Uning qayd etishicha, DXR Tashqi ishlar vazirligi tribunalda ishtirok etish uchun xalqaro hamjamiyat vakillarini jalb etish ustida ishlamoqda.
"Biz Ukraina harbiy jinoyatchilari ustidan tribunal oʻtkazish bilan bogʻliq yana bir asossiz ayblovlarga eʼtibor qaratdik. Boʻlajak sud harbiy jinoyatchilarga nisbatan adolat oʻrnatish uchun moʻljallangan, ular orasida Azov* polkining natsistlari ham bor. Vashington ushbu terrorchilik tashkiloti aʼzolarining gʻayriinsoniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida guvohlik beruvchi faktlarni oshkora eʼlon qilishdan qoʻrqishi aniq”, - deya taʼkidladi diplomatik missiya.
Shuningdek, diplomatlar Mariupol tribunali “Kiyev rejimining asl mohiyatini yoritib bera olishiga” ishonch bildirishgan.
Bundan tashqari, elchixona Rossiya va DXR Ukraina qoʻshinlari asirlarini saqlashda Jeneva konventsiyasi talablariga toʻliq rioya qilinayotganini alohida taʼkidlab oʻtgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0