Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQShning sobiq senatori Ukrainaga Rossiya bilan yarashishni maslahat berdi

© Sputnik / BelTA / Mediabankka o‘tishRossiysko-ukrainskie peregovori v Belorussii
Rossiysko-ukrainskie peregovori v Belorussii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Blek: Agar Ukraina o‘zini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, Rossiya Odessani egallab, ularning Qora dengizga chiqish yo‘lini qo‘lga kiritgunga qadar ularga tinchlik kerak.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Ukraina omon qolishi uchun Rossiya Odessani egallab, Qora dengizga chiqish yo‘lini to‘xtatmasdan oldin o‘t ochishni to‘xtatishga erishish kerak. Bu haqda AQShning Virjiniya shtatidan sobiq senator Richard Blek RIA Novosti bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Agar Ukraina o‘zini ishlaydigan davlat sifatida saqlab qolmoqchi bo‘lsa, Rossiya Odessani egallab, ularning Qora dengizga chiqish yo‘lini qo‘lga kiritgunga qadar ularga tinchlik kerak”, dedi Blek.
“Ukraina Donbassni saqlab qolish imkoniyatiga, shuningdek, Qora dengiz sohilining allaqachon yo‘qolgan qismini qaytarish imkoniyatiga ega emas. Menimcha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Rossiya bizga neft, gaz va boshqa hamma narsani sotmoqchi edi, lekin biz Rossiya Federatsiyasidan ustun turishga qaror qildik, bu jarayonni murakkablashtirdik va importdan uzildik. AQSh uchun bu unchalik katta muammo emas, lekin bu Rossiya gaziga bog‘liq bo‘lgan Yevropa uchun juda katta muammo”, deb o‘ylaydi Blek.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasini va Doneskning muhim qismini, jumladan Volnovaxani, Mariupolni va Svatogorskni butunlay ozod qildi.
Yangiliklar lentasi
0