“Buyuk ipak yo‘li” turizm markazida nimalar bor?

Obuna bo‘lish
“Buyuk Ipak yo‘li” turistik majmuasi tarkibida nimalar borlishi va maydoni haqida batafsil infografikamizda tanishing.
Samarqandda 23-avgust kuni “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro sayyohlik majmuasi ochildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Buyuk Ipak yo‘li” turistik majmuasi tarkibiga xalqaro kongress markazi, sakkizta mehmonxona, jumladan, ikkita besh yulduzli mehmonxona, “Abadiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘i, situatsion markaz, ekoqishloq va o‘z ko‘li kiradi.
Bu joylarni 120 gektar maydonda joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik park birlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, majmua 14-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0