FXX migrantlarga soxta taklifnoma bergan sanatoriy xodimlarini qo‘lga oldi

© Sputnik / Russian Federal Security Service / Mediabankka o‘tishNashivka na forme sotrudnika FSB RF
Nashivka na forme sotrudnika FSB RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
FXX Yaroslavl yaqinida noqonuniy migratsiya kanalini aniqladi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Yaroslavl viloyati FXX xodimlari noqonuniy migratsiya kanalini fosh etishdi.
Gumonlanuvchilar xorijliklarga mahalliy sanatoriyda davolanish uchun soxta taklifnomalar berib, Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirishni tashkil qilishgan, deb xabar beradi FXX matbuot xizmati.
“Gumonlanuvchilar bir guruh shaxslar tarkibida oldindan til biriktirib, xizmat mavqeyidan foydalanib, sanatoriy-kurortda davolanish uchun soxta taklifnomalar berib, 200 dan ortiq xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirib kelishini tashkil qilishgan”, — deyilgan xabarda.
Olingan materiallar asosida FXX tergov bo‘limi noqonuniy migratsiyani tashkil etish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda, deb xabar beradi FXX boshqarmasi.
Yangiliklar lentasi
0