Dunyoda

Italiya fuqarosida bir vaqtning oʻzida COVID-19, maymun chechagi va OIV aniqlandi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka oʻtishTestirovaniye
Testirovaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mutaxassislar buni tibbiyot tarixidagi ilk holat, deb baholamoqda.
TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Italiyada 36 yoshli bemorga bir vaqtning oʻzida COVID-19, maymun chechagi va OIV tashxisi qoʻyildi. Mutaxassislar buni tibbiyot tarixidagi ilk holat, deb baholamoqda.
Qayd etilishicha, organizmda aniqlangan infektsiyalarning bunday kombinatsiyasi bemor salomatligiga qanchalik xavfli taʼsir koʻrsatishi xususida hali hech qanday dalillar yoʻq.
Maʼlum boʻlishicha, Italiya fuqarosi bir muddat avval Ispaniyaga besh kunlik sayohatga borgan. Safardan qaytgach, toʻqqiz kun davomida tana harorati 39 darajaga koʻtarilib, tomoq va bosh ogʻrigʻi hamda holsizlikdan aziyat chekkan.
Tibbiy tekshiruvlar davomida unda SOVID-19 qayd etilgan. Biroq shu kunning ikkinchi yarmida bemor chap qoʻlida toshmalar paydo boʻla boshlagan.
Ertasi kuni esa deyarli butun tanani ogʻriq beruvchi pufakchalar qoplagan. Qoʻshimcha tekshiruvlardan soʻng u maymun chechagi virusi va OIV infektsiyasini ham yuqtirgani aniqlandi.
Aslida maymun chechagining OIVga chalingan bemorlarda qayd etilishi avvalroq maʼlum boʻlgandi. Ammo bu kombinatsiyaga koronavirus ham qoʻshilishi mutaxassislar uchun yangilik boʻldi.
Ayni paytda olimlar mazkur holatni chuqurroq oʻrganish yuzasidan tegishli tadqiqotlar olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0