O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi sohasida birinchi ilmiy anjuman o‘tkazadi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam
Sentr sodeystviya migrantam  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiya Fanlar akademiyasining Ural bo‘limi Iqtisodiyot instituti bilan migratsiya sohasida ilmiy anjuman o‘tkazishga kelishib oldi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Sentabr oyida Rossiyada o‘zbek migrantlari duch kelayotgan muammolarni ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi ilmiy anjuman o‘tkaziladi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.
Aytilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari migratsiya sohasida ilmiy anjuman o‘tkazish maqsadida Rossiya Fanlar akademiyasining Ural bo‘limi Iqtisodiyot instituti direktori Yu.Lavrikova bilan muzokara o‘tkazishdi.
Institut rahbariyatiga Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining iqtisodiy, ijtimoiy va kundalik muammolari hamda ularni yechish yo‘llariga bag‘ishlangan ilmiy tadbir o‘tkazish taklifi bildirildi.
“Mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida rejalashtirilgan tadbirga migrantlar, diaspora vakillari, Rossiya huquq-tartibot idoralari vakillari, inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish ko‘zda tutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Yu.Lavrikova ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Uning aytishicha, institut xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari doirasida MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlari o‘rtasida qator so‘rovlar o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0