Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi boshlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Forumda O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Armanistondan 250 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Qirg‘izistondagi Issiqko‘l bo‘yida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlarining birinchi yoshlar forumiga start berildi.
Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondan 250 dan ortiq yosh tadbirkorlar, davlat xizmatchilari va diplomatlar, ijodkor yoshlar hamda talabalar bir-birlari bilan tanishmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar Yevroosiyo integratsiyasi g‘oyalarini muhokama qilib, tashabbuslar bilan o‘rtoqlashishmoqda.
Tadbir doirasida ishtirokchilar YeOII mamlakatlari hukumat rahbarlarining o‘rinbosarlari, YeIK boshqaruvi raisi Mixail Masnikovich va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev bilan uchrashishadi.
Cho‘lpon-Otadagi forumni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi Mixail Masnikovich ochib berdi.
Ma’lumot uchun, mazkur forumning maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va Yevroosiyo integratsiyasi g‘oyasini ommalashtirishdan iborat.
Forum yoshlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirish, tashabbuslarni amalga oshirish, yosh avlodning ijtimoiy va kasbiy o‘zini-o‘zi anglashi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0