ShHT mudofaa vazirlari uchrashuvi O‘zbekistonga nima beradi - ekspertlar fikri

© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaV ramkax predsedatelstva Respubliki Uzbekistan v Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva 24-avgusta 2022 goda v g.Tashkente nachalos Soveshanie ministrov oboroni gosudarstv-chlenov ShOS.
V ramkax predsedatelstva Respubliki Uzbekistan v Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva 24-avgusta 2022 goda v g.Tashkente nachalos Soveshanie ministrov oboroni gosudarstv-chlenov ShOS.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
ShHT davlatlari bilan harbiy hamkorlikni chuqurlashtirish - O‘zbekiston armiyasini yanada kuchli qilish va hududda tinchlik kafolatchisiga aylanishga yordam beradi.
TOShKENT, 24-avgust – Sputnik, Anastasiya Svirina. Kecha 24-avgust kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sputnik ushbu uchrashuvning mohiyatini yanada chuqurroq tushunish maqsadida taniqli ekspertlarga murojaat qildi.

To‘g‘ri va kerakli uchrashuv

ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi xavfsizlik sohasida bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda, deydi siyosatshunos, Siyosiy tadqiqotlar instituti direktori Sergey Markov. Ulardan biri harbiy kadrlar tayyorlash bo‘lib, bu zarurat haqida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytib o‘tgan.
“ShHT mudofaa vazirlarining uchrashuvi juda to‘g‘ri va muhim narsalarni beradi. Bu davlatlarning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ham olib keladi. Rossiya va qisman Xitoy yordami bilan Markaziy Osiyo davlatlari juda arzon narxlarda qurol sotib oladi”, - deydi u.
Siyosatshunos, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar mudofaa idoralarining hamkorlikdagi faoliyati mintaqa xavfsizligiga tahdidlarning oldini olishga xizmat qilishini ta’kidladi.
“Bu mintaqada ikkita asosiy tahdid mavjud. Birinchisi, Afg‘oniston hududidan xavfsizlikka tahdid. Tashkilotning barcha a’zolarining faol hamkorligi tufayli bartaraf etilgan yana bir harbiy tahdid bu ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelishi ehtimolidir”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Turbulentlikka qaramay

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan ko‘pchilik, jumladan, O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov ham global o‘zgarishlar sharoitida ShHTning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi.
"Ma’no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “geosiyosiy turbulentlik” deb ham ataladigan jiddiy geosiyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
“Ko‘z o‘ngimizda 1991-yilda paydo bo‘lgan bir qutbli dunyo o‘rniga yangi dunyo tartibi paydo bo‘lmoqda. Barcha yirik global tarixiy jarayonlar kabi bu o‘zgarishlar ham davlatlar o‘rtasida o‘ta jiddiy qarama-qarshilikka olib keladi”, — dedi ekspert.
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro maydonda muhim ishtirokchiga aylanib, mintaqadagi o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda, deb hisoblaydi Strategik rivojlanish jamg‘armasi ekspertlar kengashi rahbari Igor Shatrov.
“Qo‘shni davlatlardagi tartib ko‘pincha O‘zbekistondagi barqarorlikka, mavjud siyosiy tizimning mustahkamligiga, mamlakat mudofaa qobiliyati darajasiga va O‘zbekiston armiyasining kuchiga bog‘liq”, - deya tushuntirdi Shatrov.
Gap O‘zbekistonning boshqa davlatlarning ishlariga aralashuvida emas, balki hududda kuchli o‘yinchi borligi qo‘shni mamlakatlardagi salbiy jarayonlarni qandaydir to‘xtatib turishga xizmat qiladi, deydi Shatrov.
“O‘zbekiston armiyasining kuchi, salohiyati va tayyorligiga shubha yo‘q. O‘zbekiston armiyasi mintaqadagi eng kuchli armiya hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston ShHTda nafaqat munosib o‘rin egallaydi, balki u mintaqada xavfsizlikning donori yoki haqli ravishda kafolatchilaridan biri bo‘ladi”, — dedi ekspert.
Yangiliklar lentasi
0