Toshkentdan Chimonga olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi

Traffic cone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent-Chirchiq-Chimon avtomobil yo‘lining bir qismida avtomobil harakati cheklanadi
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Bugun Toshkent-Chirchiq-Chimon avtomobil yo‘lining 51-kilometridan 53-kilometrigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31-yilligi bayrami tantanalari o‘tkazilishi munosabati bilan tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.
Shuning uchun, 25-avgust kuni soat 17:00 dan to 23:00 ga qadar G‘azalkent shahri hududidan o‘tgan 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimon” avtomobil yo‘lining 51 kmdan (Gazalkent shahriga asosiy kirish yo‘li Bukri (gorbatiy) ko‘prik oldidan) 53 kmga (Ibn Sino ko‘chasidagi qurilish do‘koni) qadar to‘liq transport vositalari harakati cheklanadi.
Yangiliklar lentasi
0