"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li kimning mablag‘iga quriladi - dastlabki xulosa

© unsplash.com/Mike EnerioJeleznaya doroga
Jeleznaya doroga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishida - xarajatlar teng ulushlarda amalga oshiriladi - dastlabki xulosa.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. “Qirg‘iziston temir yo‘li” kompaniyasi bosh muhandisi Roman Spasskiy "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi xarajatlarini qanday taqsimlash rejalashtirilayotganini tushintirib berdi. U Sputnik Qirg‘iziston multimedia matbuot markazida jurnalistlar bilan uchrashdi.
Jurnalistlar Spasskiydan XXR-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi kimning mablag‘i evaziga amalga oshirilishi haqidagi savolga kompaniya rahbari shunday javob berdi.
"Hozirgi bosqichda, texnik-iqtisodiy asosga ko‘ra, biz xarajatlarni yeng ulushda uch qismga bo‘lishishga kelishib oldik. Dastlabki, qurilish xarajatlari ham teng ulushlarda amalga oshiriladi", - dedi “Qirg‘iziston temir yo‘li” kompaniyasi bosh muhandisi.
Shuningdek, Spasskiy Qirg‘izistonda moliyalashtirish kimning mablag‘i evaziga amalga oshirilishi hozircha ma’lum emasligini, lekin eng mos variantlar davlat-xususiy sherikligi yoki investitsiya shartnomasi bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, temiryo‘lning Qirg‘iziston hududi orqali o‘tadigan yo‘nalishi o‘zgarishsiz qolgan: Torugart – Arpa – Makmal – Jalolobod. Ushbu kombinatsiyalangan variant Qirg‘iziston uchun eng qulay hisoblanadi, dedi KTZ muhandisi.
Yangiliklar lentasi
0