Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

© SputnikAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilib olishlari mumkin – tafsilotlar.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi kun test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.
23 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilib olishlari mumkin.
Unga ko‘ra:
my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
Eslatib o‘tamiz, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25 avgust kunlari o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilmoqda.
Test sinovlari 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari: 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0