Akademik litseylar mandati e’lon qilindi

© Sputnik / Zafar XalilovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
2022/2023 o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. 2022/2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilish mumkin. Abituriyentlar sayt orqali o‘z viloyat va litseylarini topib natijalar varaqalarini ko‘rish mumkin. Varaqalarda abituriyentlarni to‘liq ismi sharifi, ID raqami va to‘plagan ballari keltirilgan.
Davlat Test Markazi tomonidan taqdim etilgan natijalar varaqasi ikki qismga bo‘lingan: talabalikka tavsiya etilganlar hamda qabul chegarasidan pastdagi abituriyentlar ro‘yxati.
Abituriyent to‘plagan balli asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0