Futbol: O‘zbekiston U-16 jamoasi Yaponiyani mag‘lub etdi

© Minsport UzbekistanaUzbekistan-Yaponiya v “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022”
Uzbekistan-Yaponiya v “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022”  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiya jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Toshkentda “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” turniri doirasida O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiya jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘yinning 35 daqiqasiga kelib Ollobergan Karimov, 57 daqiqasiga kelib esa Lazizbek Mirzayev raqiblariga nisbatan hisobni oshirdi. Oybek O‘rmonjonov esa 84 daqiqada kiritilgan uchinchi golga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynagan edi. Unda asosiy vaqtga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda, Aminbek Yoqubov hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Ma’lumot uchun, xotira turnirida O‘zbekiston, Yaponiya, Eron va Tojikiston o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar “JAR”, “Paxtakor”, “Qibray” stadionlari hamda “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0