Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Makkajo‘xorining foydali xususiyatlari

© Unsplash/MOHD HAFIZ YAHYAKukuruza.
Kukuruza. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Kuz fasli- qaynatilgan makkajo‘xori mavsumi. U salomatlik uchun juda foydali mahsulot
Shifokor-parhezshunosning aytishicha, qaynatilgan makkajo‘xori tarkibida vitaminlar, minerallar va antioksidantlar ko‘p.
Shuningdek, ushbu mahsulot kletchatka manbai hisoblanadi.
“Makkajo‘xorining foydali xususiyatlaridan biri, uning tarkibidagi kletchatka yoki ozuqaviy moddalar ko‘pligidadir. Aynan mana shu insonlar zamonaviy inson organizmi uchun eng kerakli moddalar hisoblanadi. Chunki hozirda ko‘p insonlar mana shu moddalar yetishmasligidan kasallikka chalinishmoqda. Yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, shubhasiz nerv tizimi muammolari asosan kletchatka yetishmasligidan kelib chiqadi”, - deydi Andrey Bobrovskiy.
Biroq, shifokorning aytishicha, makkajo‘xorini har kuni iste’mol qilish mumkin emas.
“Makkajo‘xori yuqori kaloriyali mahsulot. Bir haftada bir necha marotaba iste’mol qilish mumkin. Bir kunda bitta makkajo‘xori yetarli, ya’ni, katta odamlar uchun bir sutkada 200 gramm yetarli hisoblanadi. Makkajo‘xorini meyordan ortiq iste’mol qilish ortiqcha vaznga olib kelishi mumkin”,- deydi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0