Mirziyoyev 6-yil davomida eng ko‘p Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJo‘qorgi Kenges
Jo‘qorgi Kenges - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, prezident 6-yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko‘p, ya’ni 9-marta ushbu hududga tashrif buyurgan.
“Ushbu davrda Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik”, deydi prezident.
Aytilishicha, hududda tadbirkorlik subyektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.
Prezidentning fevraldagi tashrifi doirasida hududni har taraflama rivojlantirish uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.
Qoraqalpog‘istonda ichimlik suv ta’minoti 40 foizdan 68 foizga, maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boshiga 2 barobarga oshishiga erishilgani ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0