Navoiyda O‘zbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parki ishga tushiriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFarmatsevticheskaya fabrika
Farmatsevticheskaya fabrika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Korxona 2024-yilning yakuniga kelib o‘z faoliyatini boshlaydi - tafsilotlar.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Navoiy viloyatida umumiy qiymati 10 mln dollarga teng O‘zbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parki quriladi. Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish natijasida dori vositalarining substansiyalarini ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarishga muljallangan korxona ishga tushiriladi.

“Korxonaning qurilishi 3 bosqichda amalga oshiriladi. Korxona 2024-yilning yakuniga kelib o‘z faoliyatini boshlaydi”, deyiladi xabarda.

Biznes rejaga ko‘ra, 16 turdagi dori vositalarining substansiyalari keng miqyosda ishalab chiqariladi va keyinchalik ularning soni bozor talablariga muvofiq ravishda kengayib boradi.
Shuningdek, loyihaning boshlang‘ich bosqichida 45 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, loyiha doirasida xitoylik hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan qurilish loyihasi hozirda mahalliy talablarga moslashtirish ishlari yakunlandi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 12 gektar yer maydoni ajratilgan.
Yangiliklar lentasi
0