Iqtisod

Oʻzbekistonda qaysi sohadan darhol daromad olish mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka oʻtish14-y god festivalya Xoli Mela v Moskve
14-y god festivalya Xoli Mela v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mamlakatda investitsiyalar kiritish uchun eng jozibador yoʻnalishlar aniqlandi - tafsilotlar.
TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda investitsiyalar kiritish uchun eng jozibador yoʻnalishlar toʻqimachilik, kiyim-kechak, oziq-ovqat va elektr jihozlarini ishlab chiqarish sanoati ekanligi aniqlandi. Bu haqida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, ikkita sanoat guruhi shakllantirildi.
Birinchi guruhga xalqaro savdoda qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan va investitsiyalardan darhol daromad olishi mumkin boʻlgan tarmoqlar majmui kiritildi.
Toʻqimachilik sanoati (paxta tolasi,paxta iplari, paxta matolari);
Kiyim-kechak ishlab chiqarish (trikotaj yoki toʻqima kiyimlar, trikotaj ichki kiyim);
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (sut va sut mahsulotlari, don konservalangan meva va sabzavotlar);
Elektr jihozlarini ishlab chiqarish (elektr taqsimlash kommutatorlari, transformatorlar).
Ikkinchi guruh rivojlanish potentsialiga ega boʻlgan, lekin investitsiyalardan maʼlum sharoitlarda daromad oladigan tarmoqlarni ifodalaydi.
Kimyo sanoati (azotli oʻgʻitlar (karbamid, ammiakli selitra) va kaliyli oʻgʻitlar);
Qora metallurgiya (ishlatishga tayyor prokat);
Qurilish materiallari ishlab chiqarish (tsement,yigʻma temirbeton konstruktsiyalar).
Birinchi guruh tarmoqlari uchun ichki narxlarda hisoblangan QQning YAIMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu koʻrsatkichdan past. Birinchi guruh tarmoqlarining qiyosiy afzalliklari bir qator omillarga bogʻliq.
“Mehnat xarajatlari qoʻshilgan qiymat elementlaridan biridir. Shunga koʻra, yuqoridagi koyeffitsiyent qisman Oʻzbekistonda ishchi kuchi boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada arzonligi bilan ham bogʻliq”, deyiladi xabarda.
Bundan kelib chiqadiki, ushbu tarmoqlarda mehnat xarajatlari ham raqobatdosh mamlakatlarga nisbatan past. Masalan, toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatida ish haqi shunga oʻxshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan boshqa mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada past.
Maʼlumot uchun, soʻnggi besh yilda toʻqimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak eksporti qariyb ikki baravar, tayyor kiyim-kechak eksporti 3 baravar oshdi. Xuddi shu kabi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr jihozlar va ehtiyot qismlarga boʻlgan tashqi talab 2,1 baravar ortib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0