Samarqand sayyohlik markazi haqida film yaratildi

© Agenstvo Kinematografii UzbekistanaSyemki filma o turisticheskom sentre Samarkanda
Syemki filma o turisticheskom sentre Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Joriy yil avgust oyida Samarqandda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi katta majmua ish boshladi va obyekt haqida hujjatli film suratga olindi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Joriy yil avgust oyida Samarqandda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi katta majmua ish boshladi va obyekt haqida hujjatli film suratga olindi.
Film rejissori Furqat Usmonov Sputnik muxbiriga ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Ko‘hna va hamisha navqiron bo‘lgan Samarqandda 2022-yili 23-avgustda ochilishi bo‘lib o‘tgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro sayyohlik markazi haqida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan hujjatli film tasvirga olmoqdamiz. Hozircha filmning ikkita ishchi nomi bor, bular “Silk Road Samarkand” xalqaro nomi hamda “Ipak yo‘lining yangi durdonasi” degan ikkinchi nomi”, dedi Furqat Usmonov.
Filmda 4 ta mavsumda ham olingan kadrlar mavjud. Qolaversa, ijodiy guruh sayyohlik markazining rasmiy ochilishiga tayyorgarlik jarayonini ham suratga olgan va syomkalar hali ham davom etmoqda.
Ssenariy mualliflari Furqat Usmonov va Abdusamad Salomov, operatorlar Samijon Sunnatillayev, Zafar Komilov va Xursanali Tilavoldiyev, kartina direktori Sunnatillo Samatov.
Kinokartinada “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazining qurilish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sahobiddin Arziqulov hamda atoqli rassom, markaz hududidagi “Boqiy shahar” nomidagi tarixiy etnografik xiyobonning bosh me’mori Bobur Ismoilovdan intervyular olingan.
“Mazkur obyekt qurilishining g‘oya muallifi hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, hujjatli filmning yaratilishi esa Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Kinoasar mamlakatning turizm taraqqiyotiga xizmat qiladi. Chunki majmua bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik markaziga aylandi”, dedi rejissor.
Obyekt O‘zbekistonga keladigan sayyohlarni katta oqimini sig‘dira oladi va ularga sifatli xizmat ko‘rsatadi.
Hujjatli filmda markaz tarixi, faoliyati va uning bunyod bo‘lishida mehnati singan mutaxassislar va fidokor quruvchilar haqida ma’lumotlar beriladi, bunyodkorlik jarayonlari ko‘rsatiladi.
Yangiliklar lentasi
0