ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: O‘zbekiston 7-oltinni qo‘lga kiritdi

© Minoboroni UzbekistanaUzbekistan zavoyeval zoloto v "Snayperskom rubej"e v Venesuele
Uzbekistan zavoyeval zoloto v Snayperskom rubeje v Venesuele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2022
Obuna bo‘lish
Bugungi kun holatiga O‘zbekiston harbiylari 7ta oltin, 10ta kumush va 4ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 27 avg - Sputnik. O‘zbekiston harbiylari "ArMI—2022" Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Venesuelada bo‘lib o‘tgan “Merganlar marrasi” konkursida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.
Venesuellaning Lara shtati Barkisimeto shahrida o‘tkazilgan “Merganlar marrasi” musobaqasi davomida harbiy xizmatchilar turli vazifalarni o‘z ichiga olgan 4 bosqichda jami 15 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Bular — yakkalik mashqlar, juftlik va jamoaviy mashqlar, kim tezkor shartlaridir.
Murosasiz kechgan bahslar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin mezbon davlatga nasib etgan bo‘lsa, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Rossiya o‘rin oldi.
“Merganlar marrasi” tanlovi jangovar vaziyatlarda to‘g‘ri va aniq harakatlanish ko‘nikmasini oshirish hamda harbiy xizmatchilarning merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, "ArMI-2022" o‘yinlari doirasi O‘zbekiston jamoasining muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar jamoa 7ta oltin, 10ta kumush va 4ta bronza medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, O‘zbekiston tankchilari eng murakkab konkurslardan biri bo‘lgan "Tank biatloni" tanlovining finaliga chiqishgan. Xalqaro armiya o‘tinlari 27-avgustga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0