Germaniya savdo markazlarida eskalatorlar o‘chirib qo‘yilmoqda

© Sputnik / Igor ZaremboPassajiri v sentralnom vokzale Berlina
Passajiri v sentralnom vokzale Berlina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
Germaniyada eskalatorlarni o‘chirish va energiyani tejashning boshqa yo‘llari"ni topish imkoniyati o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Germaniyadagi qator savdo markazlarida elektr energiyasini tejash maqsadida eskalatorlar o‘chirib qo‘yilmoqda, deb yozmoqda “Bild” nashri.
Qayd etilishicha, “Saturn” va “Galeria Karstadt Kaufhof” tarmog‘iga qarashli savdo markazlari eskalatorlar ishlashini to‘xtatib qo‘yishni boshlagan.
"Biz mijozlarga noqulaylik tug‘dirmagan holda hamma yerda elektr energiyasini tejamoqdamiz", - degan “Galeria Karstadt Kaufhof” tarmog‘i vakili.
ECE savdo giganti ham ertalab va kechki vaqtda eskalatorlarni o‘chirib qo‘ymoqda.
IKEA do‘konlar tarmog‘i vakili eskalatorlarni o‘chirish va "energiyani tejashning boshqa yo‘llari"ni topish imkoniyati o‘rganilayotganini ma’lum qilgan
Rossiya gazi yetkazib berilishi to‘xtatilishi ehtimoli sabab Germaniyada qishda energetika inqirozi yuz berishi taxmin qilinmoqda. Mamlakat rasmiylari bir necha marta fuqarolarni elektr energiyasini tejashga chaqirgan.
Britaniya elektr energiyasi narxi oshishi sabab yuzaga keladigan tartibsizliklarga tayyorlanyapti - OAV
Yangiliklar lentasi
0