Dunyoda

Makkada “Masjid xizmatchilari – insoniyat elchilari” dasturi ishga tushdi

© AFP 2022 / Abdel Ghani BashirMusulmanskiye palomniki sovershayut tavaf v Bolshoy mecheti v Mekke
Musulmanskiye palomniki sovershayut tavaf v Bolshoy mecheti v Mekke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dastur doirasida ziyoratchilar uchun nogironlik aravachalari bepul yetkazib beriladi.
TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Saudiya Arabistonining Ikki muqaddas masjid ishlari boʻyicha Bosh boshqarmasi BMTning “Butunjahon gumanitar yordam kuni” munosabati bilan “Masjid xizmatchilari – insoniyat elchilari” dasturini ishga tushirdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastur Makka va Madina shaharlaridagi ikki muqaddas masjid va boshqa joylarda keksalar hamda imkoniyati cheklangan insonlarga oʻz ibodatlarini bajarishda yordam berayotgan koʻngillilarni eʼzozlashga qaratilgan.
Odatda, bunday koʻngilli insonlar ziyoratchilar uchun nogironlik aravachalarini bepul yetkazib berishadi hamda har dushanba va payshanba kunlari iftorlik tarqatishda ishtirok etadi.
Boshqarmaning ijtimoiy, koʻngillilar va gumanitar masalalar boʻyicha vakili Shayx Xolid bin Fahad al-Shalaviyning aytishicha, Saudiya Arabistoni butun dunyo boʻylab muhtojlarga yordam berish uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan ishchilar va koʻngillilarga hurmat bajo keltirish uchun “Jahon gumanitar yordam kunini nishonlamoqda”.
Yangiliklar lentasi
0