OTMlarga kirish sinovlari bo‘yicha mandat e’lon qilindi

© SputnikAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovlari bo‘yicha natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
TOShKENT, 28 avg - Sputnik. 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1. my.dtm.uz sayti orqali: my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2. mandat.dtm.uz sayti orqali: mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022 bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3. SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4. Davlat test markazining quyidagi Telegram-botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
5. QR-kod orqali: abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6. Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi, borib ko‘rish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0