Deputatlar Aziz Voitov nomzodini qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qullashdi

© Zakonodatelnaya palata Oliy MajlisaOdobrena kandidatura Aziza Voitova na doljnost ministra selskogo xozaystva
Odobrena kandidatura Aziza Voitova na doljnost  ministra selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Voitov 2020-yil martidan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodi ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunchilik palataning 29-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar Aziz Voitov nomzodini bu lavozimga ko‘rib chiqib ma’qullashdi.
Voitov mazkur lavozimda 16-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Jamshid Xodjayevning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Aziz Voitov 1980-yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini (2001 yilda) "Soliq va soliqqa tortish" mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida (2010 yilda) "Biznes boshqaruvi" bo‘yicha tahsil olgan.
U 2000−2017 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlarda, 2017−2020 yillarda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
Voitov 2020-yilning martidan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0