Rossiya

Duginaning qotillari: FXX yana bir Ukraina qoʻporuvchi-terrorchi guruhi aʼzosini aniqladi

© FSB RFUchastnik ukrainskoy diversionnoy gruppы Bogdan Tsыganenko
Uchastnik ukrainskoy diversionnoy gruppы Bogdan Tsыganenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Duginaga nisbatan qotillikni Ukraina qoʻporuvchi-terrorchi guruhining yana bir aʼzosi tayyorlagan - FXX.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Jurnalist va siyosatshunos Darya Duginaning oʻldirilishini Natalya Vovk bilan birgalikda portlashdan bir kun oldin Rossiyani tark etgan Ukraina qoʻporuvchi-terrorchi guruhining yana bir aʼzosi tayyorlagan, deb xabar berdi FXX jamoatchilik bilan aloqalar markazi.
“Keyingi chora-tadbirlar davomida Darya Duginani oʻldirishni Natalya Vovk bilan birgalikda Moskvada Ukraina qoʻporuvchi-terrorchilik guruhining yana bir aʼzosi, Ukraina fuqarosi, 1978-yilda tugʻilgan Bogdan Petrovich Tsiganenko tayyorlagani aniqlandi. 2022 yil 30 iyulda hodisa yuz bergandan bir kun oldin Estoniya orqali tranzit yoʻli bilan Rossiya hududini tark”, — deyilgan bayonotda.
Aytilishicha, Tsiganenko Vovkga Qozogʻiston fuqarosi Yuliya Zayko nomiga soxta davlat raqamlari va hujjatlarni berib, unga Moskva janubi-gʻarbidagi ijaraga olingan garajda qoʻlbola portlovchi moslama yigʻishga yordam bergan.
“Video kuzatuv kameralarini oʻrganish natijasida jinoyatni sodir etgan Ukraina fuqarosi, 1979 yilda tugʻilgan Vovk Natalya Pavlovna “Traditsiya” festivali mehmonlari uchun avtoturargohda Darya Duginani shaxsan kuzatib turgani qayd etildi”, — deyilgan axborotda.
Siyosatshunos va jurnalist Darya Dugina 20 avgust kuni Moskva viloyatining Odintsovo tumanidagi Mojaysk trassasida avtomobil portlashi oqibatida halok boʻldi.
Ikki kundan keyin FXX qotillik ochilganini eʼlon qildi. Aytilishicha, qotillik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi, ijrochi - Ukraina fuqarosi Natalya Vovk boʻlib, u 23 iyul kuni qizi bilan Rossiyaga kelgan va keyin Pskov viloyati orqali Estoniyaga joʻnab ketgan.
Yangiliklar lentasi
0