https://oz.sputniknews.uz/20220829/dzyudo--27580366.html
Dzudo: O‘zbekiston JChning jamoaviy bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Dzudo: O‘zbekiston JChning jamoaviy bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekistonning dzudo tarixi yangilandi. 29.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-29T14:28+0500
2022-08-29T14:28+0500
2022-08-29T14:28+0500
sport
dzudo
o‘zbekiston
jahon chempionati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1d/27580074_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_2a137765e692ca32224b501533619207.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Sarayevo shahrida (Bosniya va Gersegovina) bo‘lib o‘tgan dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoaviy bahslarda bronza medali sazovor bo‘ldi. Bu haqda respublika Dzudo federatsiyasi xabar berdi.O‘zbekistonlik dzudochilar guruh bosqichining ilk davrasida Mo‘g‘uliston vakillarini yengishdi. Keyingi bahslarda esa ukrainaliklarga imkoniyat boy berib qo‘yishdi. Bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida Kanada jamoasi ustidan zafar quchishdi.O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali uchun kechgan asosiy bellashuvda tunislik dzudochilarni 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.Shu tariqa, O‘zbekiston kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.“Kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida hali shu paytgacha sovrindor bo‘lmagan edik. Demak, bu borada ham tarix yangilandi!”, - deyilgan xabarda.Avvalroq O‘zbekiston jamoasi Jahon birinchiligining yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallagani xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1d/27580074_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_861c6968b334b13f14f1404152f5e17b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sport, dzudo, o‘zbekiston, jahon chempionati
sport, dzudo, o‘zbekiston, jahon chempionati
Dzudo: O‘zbekiston JChning jamoaviy bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekistonning dzudo tarixi yangilandi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Sarayevo shahrida (Bosniya va Gersegovina) bo‘lib o‘tgan dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoaviy bahslarda bronza medali sazovor bo‘ldi. Bu haqda respublika Dzudo federatsiyasi
xabar berdi. O‘zbekistonlik dzudochilar guruh bosqichining ilk davrasida Mo‘g‘uliston vakillarini yengishdi. Keyingi bahslarda esa ukrainaliklarga imkoniyat boy berib qo‘yishdi. Bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida Kanada jamoasi ustidan zafar quchishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali uchun kechgan asosiy bellashuvda tunislik dzudochilarni 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
“Kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida hali shu paytgacha sovrindor bo‘lmagan edik. Demak, bu borada ham tarix yangilandi!”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq O‘zbekiston jamoasi Jahon birinchiligining yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallagani
xabar qilingan edi.