Germaniyada Rossiya gaziga muqobil topilmagani tan olindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska
Gazoprovod visokogo davleniya ot Yelabugi do Nijnekamska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Bavariya bosh vaziri Germaniya oldida hali ham Rossiya gazining o‘rnini bosuvchi gazni topish vazifasi turganini ta’kidladi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Germaniya haligacha Rossiya gaziga muqobil topa olmadi, xorijiy hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar yordam bermadi. Bu haqda Bavariya bosh vaziri Markus Zeder ma’lum qildi.
“Energetika resurslariga kelsak, biz hozir Rossiyaga avvalgidan ko‘ra ko‘proq pul o‘tkazmoqdamiz. Shu bilan birga, muammolar paydo bo‘lishi xavfi saqlanib qolmoqda: narxlar osmonga ko‘tarilmoqda, uning o‘rnini bosadigan narsa yo‘q”, deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Bavariya bosh vaziri Germaniyaning ZDF telekanali efirida Germaniya oldida hali ham Rossiya gazining o‘rnini bosuvchi gazni topish vazifasi turganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rasmiylarining Qatar, Norvegiya va Kanadaga tashriflari bu muammoni hal qilishga yordam bermagan.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0