Guterrish yadro qurolini tarixda qoldirishga chaqirdi

© JEWEL SAMAD / AFPGeneralniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
BMT bosh kotibi yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni abadiy tugatishni va ularni butun umrga tarixga muhrlashni taklif qildi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Jahon hamjamiyati yadro qurolini sinovdan o‘tkazishdan abadiy tiyilishi kerak, bu turdagi qurollar tarixda qolishi lozim. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish Twitter’dagi sahifasida so‘z ochdi.
“Bizning dunyomiz yetarlicha uzoq vaqt davomida yadro quroli garovida bo‘lib kelgan. Bu o‘lim qurilmalari na g‘alabani, na xavfsizlikni kafolatlaydi, ular faqat yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan”, - deydi u.
Guterrish yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni abadiy tugatishni va ularni butun umrga tarixga muhrlash taklifini bildirgan.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro urushida g‘olib bo‘lmasligini aytib, uni boshlamaslikka chaqirgan edi.
29 avgust— Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni. U BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yil 2-dekabrda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan. Sana tanlash 1991-yil 29-avgustda Qozog‘istondagi dunyodagi eng yiriklaridan biri bo‘lgan Semipalatin yadroviy poligonining yopilishi bilan bog‘liq. Bu kun 2010-yildan beri har yili nishonlanadi.
Yangiliklar lentasi
0