Mirishkorlik Arabboy Xosiyatov 65 yoshda talaba bo‘ldi

© Mirishkor tumani hokimligi matbuot xizmatiArabboy Xosiyatov
Arabboy Xosiyatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Arabboy Xosiyatov Chirchiq davlat pedagogika institutining ijtimoiy ish yo‘nalishiga o‘qishga kirgan.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Mirishkor tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Arabboy Xosiyatov 65 yoshda talaba bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Arabboy Xosiyatov Chirchiq davlat pedagogika institutining ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari) yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.
2022 yilda OTMlarga kirish uchun jami 1 mln 214 ming 232 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning 67 foizi avvalgi yillar bitiruvchilari hisoblanadi. Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni, 8,3 ming nafari esa masofaviy ta’limni tanlagan.
Eng ko‘p hujjat Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan, eng kami esa Sirdaryo viloyatidan topshirilgan.
Xalq ta’lim vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilgi test sinovlarida ishtirok etgan jami abituriyentlarning 386 523 nafar yoki 24 %i joriy yilgi maktab bitiruvchilarini tashkil etadi. 810 mingdan ortiq yoki 76 % abituriyentlar kasb-hunar maktablari, akademik litseylar bitiruvchilari va eng asosiy qismi oldingi yillar davomida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmagan yoshlardan iborat.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
5 sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0