Moskva ekspomarkazi O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil qiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Tadbir 29-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Moskva eksport markazi O‘zbekistonga ko‘p tarmoqli biznes missiyasini tashkil qiladi. Tadbir 29-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkentdagi Rus uyi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa, Moskvadan 15 ta kompaniya O‘zbekistonda tibbiyot, qurilish, IT va oziq-ovqat mahsulotlari sohalarida o‘z mahsulotlarini namoyish etadigan missiya ishtirokchilariga aylanadi.
Moskvalik tadbirkorlar Hyatt Regency mehmonxonasi hududida ko‘plab ishbilarmonlik uchrashuvlarida va o‘zbekistonlik hamkorlar korxonalarida o‘tkaziladigan sayyor uchrashuvlarda ishtirok etishi ham ma’lum.
Shuningdek, mazkur tadbir eksportga yo‘naltirilgan tadbirkorlik subyektlariga eksport mahsulotlarini sotishning mavjud samarali kanallarini kengaytirish va yangilarini o‘zlashtirishda yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0