Kolumnistlar

Nega Rossiya QK harbiylari soni 137 ming nafarga oshirildi?

© © Sputnik / RIA Novosti / Pereyti v fotobankrossiyskiye voyennыe
rossiyskiye voyennыe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 avgust kuni 2023 yil 1 yanvardan mamlakat Qurolli Kuchlari harbiylari sonini 137 ming nafarga oshirish boʻyicha qarorni imzoladi (bu avvalgi sonidan 13% ga koʻp - 1 013 628 harbiy xizmatchi)
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari harbiylarining professional-shartnomachilar evaziga 13% ga oshirilishi - milliy xavfsizlikka boʻlayotgan tahdidlarga yetarlicha javob bera oladigan kerakli chora-tadbir. Shu bilan birga, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya Rossiya Qurolli Kuchlari shtat darajasini oʻzgartirishda asosiy va hal qiluvchi omil emas.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 avgust kuni 2023 yil 1 yanvardan Qurolli Kuchlari harbiylari sonini 137 ming nafarga oshirish boʻyicha qarorni imzoladi (bu avvalgi sonidan 13% ga koʻp - 1 013 628 harbiy xizmatchi). Qarorni ijro etish sanasi maxsus harbiy operatsiya yoki chaqiruv kampaniyasiga bagʻishlanmagan. Kremlning qarori aynan hozirgi operativ vazifalar bilan emas, balki oʻtgan besh yil ichida global xavfsizlikning umumiy degradatsiyasi bilan bogʻliq (2017 yil 17 noyabridagi qaroridan soʻng). Bu muammoga Rossiyaning professional Qurolli Kuchlarini rivojlantirish bilan javob berishi boʻladi. Asosiy maqsad - Rossiya Federatsiyasi hududining butun perimetri boʻylab qoʻshinlarning yuqori jangovar barqarorligini va mudofaa qobiliyatini taʼminlash.
Rossiya professional-shartnomachilar evaziga armiya va floti harbiylari soni oshirilishi Yevropa va Osiyodagi strategik yoʻnalishlarda kerakli vaqtda kuchlar muvozanatini tiklash, maxsus harbiy operatsiya geografik chegaralarini oʻzgartirish yoki maxsus operatsiyani kontrterroristik operatsiyaga aylantirishga imkon yaratadi.
Ehtimol, kuzgi referendumdan keyin Rossiya armiyasining Donbass, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududida boʻlishi doimiy (muddatsiz) boʻladi. Azov va Qora dengizlar boʻyidagi millionlab Rossiya fuqarolarini ishonchli himoya qilish uchun yangi harbiy qismlar va garnizonlarni shakllantirish kerak. Iqtisodiy va logistika nuqtai nazaridan, bu oson ish emas, Rossiyaning davlat byudjetiga jiddiy tuzatishlar kiritishni talab qiladi (Qrim tajribasi bu borada ishonch bagʻishlaydi).
Nima boʻlganda ham armiyaga ortiqcha yuz mingta qoʻlidan hech nima kelmaydigan pogonli yosh yigitlar kerak emas. Yuz minglab psixologik jihatdan barqaror, jismoniy tayyor, va ijtimoiy ragʻbatlantirilgan, oʻz hayotining bir necha yillarini qoʻshinlarga xizmat qilishga bagʻishlashga tayyor mutaxassislar kerak. Rossiyada har yili chaqiruv boʻyicha 240 ming odam xizmat oʻta ydi. Bular oddiy askarlar va maʼlum tayyorgarlikka ega zahiradagi serjantlar. Ularning aksariyati 2023 yil 1 yanvardan boshlab boʻsh lavozimlarda shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirishlari mumkin. Xohlovchilar jiddiy tanlovdan oʻtishlari kerak boʻladi.

Yaxshi boʻlmagan muhit

Hammasi taqqoslashda aniq boʻladi. Varshava Polsha qoʻshinlarini ikki barobarga koʻp oshirishga qaror qildi, yaʼni hozirgi 120 ming “shtik”dan 300 minggacha. Polsha safarbarlik xizmati rahbarrining taʼkidlashicha, mamlakat armiyasida yaqin vaqtlarda 250 ming nafar harbiy xizmat qiladigan boʻladi va yana 50 ming nafari - hududiy mudofaa qoʻshinlarida xizmat qiladi. AQShdan buyurtma qilingan 20 ta Abrams M1A2 tanklari (SEPv3 versiyalari)ni kutmasdan, Polsha 1000 ta Janubiy Koreya tank, gaubitsa va samolyotni xarid qilish boʻyicha shartnoma imzoladi. Polsha hududida Raketaga qarshi mudofaa tizimining Amerika infratuzilmalari rivojlanmoqda.
Qisqa va tezlik bilan Ruminiya ham mustahkamlanmoqda. Uning hududida 12,2 mldr.dollarga bir nechta harbiy bazalar quriladi. Amerikaning Patriot zenit raketa tizimlari hamda 5000 nafar harbiydan iborat motopiyoda brigadalari allaqachon xorijiy qoʻshinlarga qoʻshimcha tarzda joylashtirilmoqda. Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyani Chernomorsk mintaqasida ham “jilovlab turmoqchi”.
“Ukraina loyihasi” natsistlarini qurollantirish uchun AQSH 2014 yildan buyon 15,5 mlrd dollar sarflagan. Va yaqin vaqtda Kiyev rejimiga 2,98 mlrd dollarlik “xaki ranglari” yangi paketini yetkazmoqchi. WallStreet Journal nashri xabarlariga koʻra, Oq uy yaqin kelajakda AQShning Ukrainaga barcha harbiy yordamini amerikalik uch yulduzli general qoʻmondonligi ostida yagona missiyaga birlashtirish niyatida. Biz AQSH global hukmronlikka erishish (saqlash) uchun Yevropa va Ukrainadan isteʼmol qilinadigan vosita sifatida majburiy foydalanayotganini koʻrmoqdamiz.
Shimoliy Dakotadan Angliyaga 18 avgust kuni strategik bombardimonchi B-52H lardan tashkil topgan toʻrtta operativ guruh yoʻnaltirilgan. Amerika missiyasining maqsadi sifatida ittifoqchilar bilan operativ birlashishni takomillashtirish, “butun Yevropa boʻylab” global qudratni namoyish etish koʻzda tutilgan. B-52H “strateglari” 2019 yili kuz faslidan buyon Britaniyaning Fervordida muntazam qoʻnmoqda. Bundan tashqari, AQSH “NATOning sharqiy flangini mustahkamlash maqsadida” avgustda Polshaga 12 ta F-22 Raptor 5-avlod qiruvchisini joylashtirgan.
Amerikaliklar NATOning sharqqa qarab kengayishi uslubi bilan Yevropa xavfsizligi tizimini barbod qilishmoqda. Bugun esa bu ishni Shvetsiya va Finlyandiya evaziga amalga oshirishmoqda. Rossiya-Finlyandiya chegaralari 1270 km, va Moskva bu hududni barcha kerakli kuchlar va vositalar, jumladan, zarba aviatsiyasi, Havoga va Raketaga qarshi tizimlar, gipertovushli raketa komplekslari bilan mustahkamlashga majbur. Shvedlar va finlar endi doimiy nishon ostida yashashga majbur boʻladi. Ammo bu ularning “suveren” tanlovi.
Kollektiv Gʻarb Moskva 2021 yil dekabr oyida taklif qilgan teng va boʻlinmas xavfsizlik tamoyillarini rad etdi, RFning AQSH va NATOga bildirgan adolatli talablarini (alyans kengayishinidan voz kechish, 1997 yil chegaralarida Sharqiy Yevropa davlatlaridan xorijiy qoʻshinlar va zarba qurollarni qaytarish kabi) mensimadi. Mar oyida NATO mamlakatlari mudofaa vazirlarining favquloddagi sammitida Rossiyani oʻz dushmani sifatida tan olib “tarixiy qarorni qabul qilishdi”. Strategik kontseptsiya alyansning Madriddagi sammitida biriktirilgan.
AQShning ukrain “hindular”ning qoʻlib bilan Rossiyaga qarshi uzoq muddatli proksi-urush olib borishga tayyorligi amerikalik va ularning yevropalik ittifoqdoshlariga hech qanday yaxshilikni vaʼda bermaydi. Bunday masʼuliyatsiz va tadbirsiz yoʻnalish kollektiv Gʻarbga shafqatsiz harbiy-siyosiy va iqtisodiy jazo boʻladi. Germaniya va Frantsiya qattiq turbulentlik sharoitida allaqachon “Ramshtayn kontsessiyasi”dan uzoqlashishmoqda, oʻz qoʻshinlari uchun qurollar yetishmayotganini aytishmoqda.
Boshqa tomondan esa Rossiya harbiy maxsus operatsiya maydonlarida jangovar tashabbusni saqlab qolmoqda, Ukraina Qurolli Kuchlarining ishchi kuchlari hamda NATO qurollarini muvaffaqiyatli parchalamoqda. Va Gʻarbning mislsiz sanktsiyalarga qaramasdan, iqtisodiyotni meʼyorda saqlab qolmoqda. Washington Post gazetasi taʼkidlamoqda: “Ukrainadagi harbiy harakatlar Rossiya jamiyatining mustahkamlanishiga zamin yaratdi”.
Yangiliklar lentasi
0