Qachon 1-sinfga onlayn qabul jarayoni yakunlanadi

© Depositphotos.com / DmitrimarutaSemya s internet zavisimostyu
Semya s internet zavisimostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 692 ming nafardan ortiq bolalar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Ertaga 1-sinfga onlayn qabul jarayoni yakunlanadi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirli xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilining 1-sinfga qabul jarayonlari 30-avgust kuni soat 18.00da yakunlanadi.
Xabarda vazirlik barcha maktab rahbarlari, shu jumladan, nodavlat ta’lim tashkilotidan barcha o‘quvchilarni adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritish jarayonini yakunlashlarini so‘ragan.
“Ertaga maktab o‘quvchilarini o‘z vaqtida "Prezident sovg‘asi" va darsliklar bilan ta’minlash uchun qabul jarayonlari yakunlanadi” deyiladi xabarda.
Maktab yoshiga (7 yosh) yetgan farzandini 1-sinfga joylashtirishga ulgurmagan ota-onalar qabul masalasida 18.00 ga qadar murojaat etishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 692 ming nafardan ortiq bolalar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.
Shuningdek, elektron qabul jarayonlari o‘tkazilayotgan hudududlarda 105 ming nafardan ortiq bolalar my.maktab.uz platformasi orqali maktablarga onlayn tarzda qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0