Rossiyaliklar sentabrda sayohat qilish uchun O‘zbekistonni tanlashmoqda

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn Buxari
Povsednevnaya jizn Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rossiyaliklar sayohat qilishni rejalashtirayotgan mamlakatlar orasida Tailand va BAAni ortda qoldirgan.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston rossiyaliklar sentabr oyida sayohat qilish uchun tanlayotgan eng mashhur mamlakatlar beshligiga kirdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga “One Two Trip” sayohatlarni rejalashtirish xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, 1-sentabrdan 30-sentabrgacha band qilingan aviachiptalar shuni ko‘rsataptiki, rossiyaliklar an’anaga binoan birinchi navbatda dam olish uchun Turkiyani tanlashmoqda. Bu yo‘nalishga band qilingan chiptalar 17 foizdan ziyodni tashkil etadi. Armaniston 15 foiz bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rinda Qozog‘iston (8 foizdan ziyodroq), to‘rtinchi pog‘onada esa 7,5 foiz bilan O‘zbekiston joylashgan. Shu tariqa, O‘zbekiston rossiyaliklar orasidagi ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha Qirg‘iziston (6,7 foiz), Tailand (4,6 foiz) va Birlashgan Arab Amirliklarini (2,8 foiz) ortda qoldirgan.
Aniqlik kiritilishicha, O‘zbekistonga samolyot chiptasining o‘rtacha narxi 18,2 ming rublni (bir tomonga) tashkil etgan.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 2,4 million chet el fuqarolari turistik maqsadlarda mamlakatga kelgan. Shulardan 247,2 ming nafari Rossiyadan. Respublikaga rossiyalik sayyohlar oqimi oydan oyga oshib bormoqda. Masalan, aprel oyida O‘zbekistonga 29 ming rossiyalik sayyoh kelgan bo‘lsa, iyul oyiga kelib ular soni 61 mingdan oshib ketdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Moskvadagi “Sayohat qil!” forumida mamlakatga rossiyalik sayyohlar oqimi sezilarli oshib borayotganini ta’kidlagan edi. 2022-yilning birinchi yarmida Rossiyadan O‘Zbekistonga kelgan sayyohlar soni 2,5 baravarga oshgan.
Avvalroq Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortayotganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0