Shavkat Mirziyoyev Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilish marosimida ishtirok etadi

© IA "Dunyo"Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil grajdan Uzbekistana s Dnem drujbi narodov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil grajdan Uzbekistana s Dnem drujbi narodov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Bronzadan Jaloliddin Manguberdining ot ustida qilich tutib turgan haykali yasalgan. Balandligi qariyb 25 metr.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Fevral oyida davlat rahbari Urganchda qurilayotgan Jaloliddin Manguberdi majmuasi ishlari bilan tanishgan edi. Majmua shaharning Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidagi qariyb 8 gektar maydonda barpo etilgan.
Bronzadan Jaloliddin Manguberdining ot ustida qilich tutib turgan haykali yasalgan. Uning asosi bilan birga jami balandligi qariyb 25 metr bo‘lib, uzoqdan ham ko‘rinib turadi. Uni yasashda rossiyalik mutaxassislar ham o‘z hissalarini qo‘shishgan.
"Bu yer bilim, ma’naviyat, g‘urur maskani bo‘lishi kerak. Kelganlar aylanib, hordiq chiqarishi bilan birga Manguberdi bobomiz hayotini yaqqol tasavvur qilishi, bundan ruh olishi kerak. Xiyobon bo‘ylab uning janglari, qahramonliklari haqida lavhlar yozib qo‘yish mumkin. Bu tarixni va chet tillarini yaxshi bilgan gidlar tayyorlash ham zarur", - deya ta’kidlagan edi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori (1220-1231) va mashhur sarkarda. U “milliy qahramon”lardan biri hisoblanadi.
1999 yili mamlakatda Manguberdi tavalludining 800-yilligi keng nishonlangan.
O‘zbekistonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua qurilgan.
1999 yil Jaloliddinning 800-yillik yubileyiga bag‘ishlangan 25 so‘mlik yubiley tangalar muomalaga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0