Talabalar uchun to‘lov-shartnomalarini onlayn olish imkoniyati yaratildi - tafsilotlar

© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
5 sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, talabalardan vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.
Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berishlari mumkin.
“Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
5 sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0