Yaponiya tomon “Hinnamnor” to‘foni yopirilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishTayfun "Goni" v Primorye
Tayfun Goni v Primorye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Yaponiyada to‘fonga 11 raqami berildi. U soatiga 30 kilometr tezlikda harakatlanmoqda va chorshanba kuni janubiy Kusyu oroliga borib urilishi mumkin.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Laosdagi provinsiya nomi bilan ataladigan “Hinnamnor”to‘foni Tinch okeanida paydo bo‘ldi va Yaponiya tomon yo‘l oldi. Bu haqda mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi.
Yaponiyada to‘fonga 11 raqami berildi. U soatiga 30 kilometr tezlikda harakatlanmoqda va chorshanba kuni janubiy Kusyu oroliga borib urilishi mumkin. Shu bilan birga, dushanba kuni kechqurun u Ogasavara arxipelagiga juda yaqinlashishi mumkin. Ayni paytda to‘fon markazida bosim 985 gektopaskal, markazda tezligi sekundiga 30 metr, shamolda sekundiga 40 metrgacha yetadi.
Sinoptiklarning ogohlantirishicha, to‘fonnning ta’siri janubi-g‘arbdan shimoli-g‘arbgacha bo‘lgan keng hududga ta’sir qiladi, bu yerda chorshanba va payshanba kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0