Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Buyrak uchun eng foydali 10ta mahsulot

© Pexels / Viktor Smithbobovie
bobovie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, qon bosimini oshiruvchi mahsulotlar buyrak salomatligiga salbiy ta’sir qiladi
En Son Haber portali ekspertlari buyraklar uchun eng foydali mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qilishdi.
Buyraklar salomatligini asrash uchun o‘rtayer dengizi parhezi to‘g‘ri keladi. Unga ko‘ra, har kuni donli va haftada bir necha marotaba dukkakli mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Shuningdek, kunlik ratsionga hayvon oqsillari - oq go‘sht va baliqni qo‘shish lozim. Mavsumiy sabzavot va mevalarni iste’mol qilish ham kerak.
Natriyga boy, qon bosimini oshiruvchi mahsulotlar buyrak uchun zararli hisoblanadi. Ya’ni, tuz, tarkibida oksalatlar (lavlagi, ismaloq, kakao) va purinlar bo‘lgan mahsulotlar (anchous, sardina va sparja) iste’mol qilish salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Buyraklar uchun eng foydali mahsulotlar ro‘yxatiga ekspertlar : suv, redis, qovoq pistasi, fenxel, zaytun yog‘i, grechka, anor, rangli karam, piyoz va lyupinlarni ham aytib o‘tishgan.
Yangiliklar lentasi
0